13:04 / 17.01.2018
6 962

“Asil aka” voqeasidan so‘ng yana bir “dollarfurush” 7000 dollarni pullayotganda qo‘lga tushdi

“Asil aka” voqeasidan so‘ng yana bir “dollarfurush” 7000 dollarni pullayotganda qo‘lga tushdi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari noqonuniy ravishda AQSh dollarini so‘mga pullayotgan “dollarchi”ni qo‘lga oldi, deb xabar qiladi Qalampir.uz nashri.

Ma’lum qilinishicha, 15 yanvar kuni Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasiga fuqaro Bahodir Safarovich Umarov Nodir ismli shaxs xorijiy valyutani “qora bozor” narxida qonunga xilof ravishda olish-sotish bilan shug‘ullanib kelayotganligini bildirib, ariza bilan murojaat qilgan va qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu ariza asosida shu kuniyoq Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. 15 yanvar kuni soat 20:00 atrofida Olmazor tumani hududida Nodirjon Abduxalilovich G‘aniyev ariza bilan murojaat qilgan fuqaro Bahodir Umarov yordamida qo‘lga olingan. Xabarda aytilishicha, “dollarchi” Nodirjon G‘aniyev 7000 AQSh dollarini 57.750.000 so‘mga noqonuniy ravishda Bahodir Umarovga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Nodirjon G‘aniyevga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Arizachining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning mart oyida Olmazor tumani Sag‘bon 2-berk ko‘chasida 33-uyda Asiljlon Xakimov, Jasur To‘xtayev, Shovoxob Shoqosimovlardan iborat uyushgan guruh 6369 AQSh dollarini “qora bozor” kursida 7850 so‘mdan, jami 50 million so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Asil aka” voqeasidan so‘ng yana bir “dollarfurush” 7000 dollarni pullayotganda qo‘lga tushdi