16:20 / 17.01.2018
7 556

Islom Karimovning davlat kotibi aeroportda ushlab qolingan O‘zbekiston tillalari haqida gapirdi

Islom Karimovning davlat kotibi aeroportda ushlab qolingan O‘zbekiston tillalari haqida gapirdi
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov O‘zAga intervyu berar ekan, hozirgacha ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan ayrim sirlarni oshkor etdi.

— Prezident kimningdir manfaatini emas, xalq, davlat manfaatini o‘ylab ish qilayapti. Lekin, keyin ma’lum bo‘lishicha, qaysidir bir aeroportda samolyotimiz ushlangan. Tillalar hibsga olingan. Maxsus xalqaro komissiya barcha ishlarni tekshirgan. Tahlil qilib ko‘rilgach, bu tadbirda hech kimning qora niyati, shaxsiy manfaati yo‘qligi sababli va bu operatsiya endi mustaqillikni qo‘lga kiritgan xalqning manfaati va jahon xaritasida yangi paydo bo‘lgan yosh davlatning bir martalik tadbiri ekanligi kabi asl sabablari tushuntirilgach, muammo diplomatik va yuridik yo‘llar bilan hal qilindi.

O‘zbekiston milliy axborot agentligi rasmiy saytida maqolaning to‘liq varianti e’lon qilinishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Islom Karimovning davlat kotibi aeroportda ushlab qolingan O‘zbekiston tillalari haqida gapirdi