07:09 / 18.01.2018
7 101

O‘zbekistonda ayrim muassasalar erkinligi cheklanadi

O‘zbekistonda ayrim muassasalar erkinligi cheklanadi
Kecha Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan brifingda Senatning Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi Sodiq Safoyev bundan buyon O‘zbekistonda ayrim xavfsizlik sohasida faoliyat yuritayotgan ayrim muassasalar erkinligi cheklanishini ta’kidladi.

“Ayrim muassasalarga ma’lumotlar bazasiga eksklyuziv kirish huquqi yopiladi”, — dedi Safoyev jurnalistlar bilan bo‘lgan brifingda.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish joizki, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligi xodimlari oldida so‘zlagan nutqida ham barcha O‘zbekiston elchixonalardan diplomatik vakillarni kuzatib yuruvchi xodimlari chaqirib olinishi haqida alohida aytib o‘tgan edi.

Shuningdek, O‘zbekistonda yaqinda MXX haqida yangi qonun ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Ushbu kunga qadar xavfsizlik xizmati 90 yillarda ishlab chiqilgan qonun va qoidalar asosida faoliyat yuritib kelgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ayrim muassasalar erkinligi cheklanadi