Moskva bosh psixiatri, Rossiya poytaxtidagi N.A.Alekseyev nomli 1-sonli ruhiy xastaliklar shifoxonasi bosh vrachi Georgiy Kostyukning aytishicha, televizorga uzoq vaqt tikilib o‘tirish, miyani kerak-nokerak axborotlarga to‘ldira borish yaxshilikka olib kelmaydi. Inson oxir-oqibatda ruhiy xastalikka chalinadi.
— Biz barchaga, — deydi Kostyuk. — Televizor orqali beriladigan dahshatli, ayanchli, odamni qayg‘urishga, asabiylashishga majbur etuvchi axborotlardan, filmlar, ko‘rsatuvlardan nari bo‘lishni maslahat beramiz. Buning o‘rniga internet orqali do‘stlar bilan muloqot qilganingiz durust. Yangi xobbilar o‘ylab toping. Stressdan iloji boricha nariroq bo‘lishga intiling…
Kostyukning aytishicha, yuqorida aytib o‘tilgan gaplar hamkasblari bilan hamjihatlikda olib borilgan tadqiqotlar davomida o‘z isbotini topgan va alohida maqola ko‘rinishida nufuzli jurnallarda chop etilgan. Yana shuni ta’kidlaydiki, dunyodagi har o‘n odamning bir nafari albatta ruhiy xastalikdan azob chekadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar