Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan soxta YHXB xodimi aniqlandi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.
20 yanvar kuni soat taxminan 14:30larda, poytaxtimizning Sergeli tumanida joylashgan «Sergeli» YPX maskanida xizmat olib borayotgan YHXB xodimlariga, o‘zining fuqarolik burchini bajargan shaxs murojaat qilib, Binokor ko‘chasidagi avtomobil yo‘lida avtomashina haydovchilarini to‘xtatib, ularning hujjatlarini tekshirayotgan YHXB xodimi unda shubha uyg‘otganini ma’lum qilgan.
Mazkur xabar asosida Toshkent shahar IIBB xodimlari yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan joyga borgan vaqtlarida, haqiqatdan ham fuqaro Azizbek Ashiraliyevich Ruzimatov, ichki ishlar organi xodimlari xizmat kiyimida, go‘yoki YHXB xodimi sifatida avtoulovlarni to‘xtatish bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan.
Shubhali shaxs tekshirilgan vaqtda, u aslida YHXB xodimi emasligi ma’lum bo‘lgan va undan jezl, radioaloqa vositasi, hushtak, YHXB xodimining qalbaki ko‘krak nishoni va qalbaki ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomalari rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan A.A.Ruzmatovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda