O‘zbekistonda vaqtinchalik yoki doimiy propikasiz fuqarolarni ishga qabul qilishdagi taqiq bekor qilindi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22 yanvardagi 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlangan qarorida ko‘zda tutilgan. Bu haqda gazeta.uz yozmoqda.
«O‘zbekiston 24» telekanali «Axborot 24» dasturining xabar qilishicha, shu bilan bir qatorda vaqtinchalik yoki doimiy prokiskasiz yashovchi fuqarolarni ishga olganligi uchun ish beruvchilarni javobgarlikka tortish ham bekor qilindi.
2018 yilgi Davlat dasturiga muvofiq, Toshkent va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolarga ikkilamchi bozordan ko‘chmas mulk xarid qilish imkoniyatini taqdim etish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida vaqtincha propiskasiz (yashash joyi bo‘yicha hisobga turmasdan) bo‘lish muddati uzaytiriladi.
Davlat dasturi 231 banddan iborat. Hujjatda, shuningdek 37 ta qonunni qabul qilish ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi