
Farg’onalik 11 oylik chaqaloq tanasidan 16 ta tikuv ignasi topildi.
Xabarda aytilishicha, qizaloqning onasi uni peshob chiqarishga oid muammolar sabab shifokorga olib kelgan. Shifokorlar esa rengten tekshiruvlarini ko’rib hayratdan yoqa ushlashdi. Tekshiruv natijalari qizaloq tanasining turli a’zolaridagi ignalarni ko’rsatgan edi.
Bemor zudlik bilan operatsiya qilindi va uning tanasidagi 13 ta igna olib tashlandi. Qolgan ignalarni esa keyingi operatsiyalar davomida olib tashlash rejalashtirilmoqda.
Operatsiya jarayoni 9 soat davom etgan. Ayni paytda chaqaloq reanimatsiyada og’ir ahvolda yotibdi.
Shifokorlar ignalar tananing turli sohalarida joylashganidan hulosa qilib, chaqaloq ularni yutib yubormagan, balki kimdir uning tanasiga ignalarni atayin tiqqan degan hulosaga keldilar. Ayni paytda ish yuzasidan tekshiruvlar olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar