2 fevral kuni internetda Toshkent shahridagi «O‘rikzor» bozori sotuvga qo‘yilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. O‘zA muxbiri masalaga oydinlik kiritish maqsadida Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga murojaat qildi.
Boshqarma bosh mutaxassisi Bahodir Yusufjonovning aniqlik kiritishicha, Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 36 ta davlat aktivi savdoga qo‘yilgan. Ular orasida «O‘rikzor savdo kompleksi» mas’uliyati cheklangan jamiyati balansidagi ikkita mulk kompleksi ham bor.
Ikki kompleks ham Uchtepa tumanida joylashgan bo‘lib, biri savdo, ikkinchisi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mulk kompleksi hisoblanadi. Ular Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 iyundagi 507-farmoyishiga binoan savdoga qo‘yilgan.
«Boshqarma bosh mutaxassisining ma’lumotlari shundan dalolat beradiki, savdoga qo‘yilgan davlat aktivlari haqidagi e’lonning ayrim OAV tomonidan noto‘g‘ri talqin etilishi hamda yuzaki yondashilishi natijasida ‘O‘rikzor’ bozorining sotilishi haqidagi xabarlar tarqab ketgan», — deyiladi xabarnomada. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas