14:45 / 05.02.2018
7 151

Toshkentda 1,4 mlrd dollarlik texno-shaharcha qurilishi boshlandi

Toshkentda 1,4 mlrd dollarlik texno-shaharcha qurilishi boshlandi
Janubiy Koreyaning “POSCO Daewoo” korporatsiyasi Toshkentda, umumiy qiymati 1,4 mlrd dollar bo‘lgan “High Tech City” – yuqori texnologiyali majmua qurilishini boshladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Maydoni 50 gektar bo‘lgan mazkur majmua hududida biznes-markazi, turar joylar, ta’lim, tijorat tashkilotlari, ilmiy tekshirish institutlari va boshqa ob’ektlar joylashtiriladi.

Ularning barchasi “aqllli” texnologiyalar, energiya tejovchi va binolarni avtomatlashtiruvchi tizimlarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.

“High Tech City” yuqori texnologiyali majmuasi qurilishini boshlash uchun ikkala tomondan ishchi guruhlar tashkil etilgan. Guruh loyihani amalga oshirish uchun joy tanlash masalasini o‘rganadi va uning barcha bosqichlarini nazorat qilib boradi.

Koreyalik mutaxassislar Toshkentda shahar qurilish ishlarini tahlil qilib, amalga oshirilayotgan – “Tashkent City” va “aqlli” shahar Nurafshon loyihalari bilan tanishib chiqishgan.

Ma’lumot o‘rnida, “POSCO Daewoo” – xalqaro gigant korporatsiyasi bo‘lgan “POSCO”ning sho‘’ba korxonasi bo‘lib, u xalqaro savdo va sarmoyalar bilan shug‘ullanadi. Kompaniya nafaqat Koreya Respublikasi, balki butun dunyo miqyosida katta qurilish tajribasiga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 1,4 mlrd dollarlik texno-shaharcha qurilishi boshlandi