23:55 / 05.02.2018
6 996

Yashil yo‘lakdan 100 mln. so‘mdan oshiq tilla olib o‘tayotganligi aniqlandi

Yashil yo‘lakdan 100 mln. so‘mdan oshiq tilla olib o‘tayotganligi aniqlandi
Toshkent xalqaro aeroportida “Yashil” yo‘lak orqali noqonuniy tilla taqinchoqlar olib kirishga uringan ilk qoidabuzarlar fosh qilindi.

Xabaringiz bor, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab, respublikamizning barcha xalqaro aeroportlarida jismoniy shaxslar uchun ikki yo‘lakli tizim, ya’ni “yashil” va “qizil” yo‘laklar joriy etildi.

Yaratilgan imkoniyatlardan o‘z shaxsiy manfaatlarida foydalanib, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yashil yo‘lak orqali tilla va zargarlik buyumlarini olib o‘tishga uringan ilk qoidabuzarlar to‘xtatib qolindi.

Istambuldan uchib kelgan fuqaro F.Yuldashevaning bojxona chegaralarini yashil yo‘lak orqali kesib o‘tayotib, o‘zini tutishi va bezovtalanishi bojxonachilarda bejiz shubha uyg‘otmagan ekan. Qarang-ki, F.Yuldasheva ayollar sumkasidagi pardoz upasi qutilariga va egnidagi kiyimi cho‘ntaklariga 263 gr. og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarini yashirgani fosh bo‘ldi.

Dastlabki, hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur tilla va zargarlik buyumlarining taxminiy qiymati 67 mln. so‘mdan oshadi.

Ayni shu reys bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro G‘.Tolibov ham yashil yo‘lak bergan imkoniyatdan g‘ayriqonuniy maqsadda foydalanib qolishga urindi. Ya’ni, belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lgan 72 gr. og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarini qizil yo‘lak qolib, yashil yo‘lakdan olib o‘tayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Dastlabki, hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur tilla va zargarlik buyumlarining taxminiy qiymati salkam 16.5 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, mazkur post xodimlari “Istambul-Toshkent” reysining yana bir yo‘lovchisi fuqaro fuqaro M.Mavlyanova tomonidan qizil yo‘lak orqali harakatlanayotib, lekin yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmasdan turib, qiymati salkam 24,5 mln. so‘mni tashkil qiluvchi 119 gr. tilla taqinchoqlarning yashirincha olib kirilishiga chek qo‘yishdi.

Vaholangki, amaldagi tartiblarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan me’yorlariga muvofiq umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan 5 donagacha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

“Toshkent-Aero” IBK Axborot xizmati xabariga ko‘ra, poytaxtimiz aeroporti orqali har sutkada dunyoning turli shaharlari bo‘ylab, o‘rtacha 40 dan ortiq reyslar amalga oshiriladi. Bu yerda bir kunda o‘rtacha 6-7 ming nafar yo‘lovchilar harakatlanayotgan bo‘lsa, shularning taxminan 93 % i bojxonadan yashil yo‘lak orqali o‘tishmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yashil yo‘lakdan 100 mln. so‘mdan oshiq tilla olib o‘tayotganligi aniqlandi