2018 yil 1 maydan boshlab tranzit bo‘yicha harakatlanayotgan xorijiy yo‘lovchilarga kelishlari bilan 72 soat muddatga qisqa muddatli kirish vizalarini berish joriy qilinadi. Bu haqda Prezidentning 6 fevraldagi "Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilandi. Qaror matni "O‘zA"da keltirilgan.
Bunda ularda uchinchi mamlakatga aviachipta va viza (zarurat bo‘lganda) mavjud bo‘lishi hamda konsullik yig‘imlarini to‘lash talabi, shuningdek, tasdiqlangan turizm dasturlari bo‘yicha tanishuv turlari uchun ularning aeroport chegara hududidan tashqariga qisqa muddatli nazorat qilinadigan chiqishi tartibi nazarda tutiladi.
Hujjatga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda fuqarolari kelishlari bilan qisqa muddatli kirish vizalari beriladigan mamlakatlar ro‘yxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar