“Qalampir.uz” internet nashri orqali bir necha bor 2016 yilning 22 mart kuni soat taxminan 7:45 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Bodomzor ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH haqida maqolalar, surishtiruvlar e’lon qilgan edik.
Yodingizda bo‘lsa, Captiva avtomobili mahalla ko‘chalarida katta tezlikda harakatlanib, hovlilar eshigi oldida qoldirilgan Cobalt va Spark avtomobillariga jiddiy zarar yetkazgan edi. Bu ham yetmagandek, haydovchi yo‘l bo‘yida ketayotgan 1977 yilda tug‘ilgan Nasiba Qosimovani urib yuboradi. Qattiq zarbdan Nasiba Qosimova 15 metr nariga borib tushadi. Olgan og‘ir jarohatlari sabab uch nafar farzandning onasi Nasiba Qosimova 25 mart kuni olamdan ko‘z yumadi.
Nomard haydovchi va uning yonida bo‘lganlar voqea joyini tark etadi.
O‘shanda avtomobil ichidan Toshkent bank kolleji o‘quvchisi Sotvoldiyeva Madinaning o‘quvchilik guvohnomasi va unga oid boshqa buyumlar topiladi.
Xo‘sh, tergovning keyingi ishi qanday kechdi, aybdor qo‘lga olindimi? Voqeaning to‘liq tafsilotlari bilan tez orada tanishasiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»