— Oltmish besh yoshimda bunchalik pand yeyman, deb hech o‘ylamagandim. Qizim Saida birinchi turmushidan befarzandlik tufayli ajrashdi. Taqdiriga endigina ko‘nikkan payti oilasi buzilgan Sohib ismli bir kishi bilan tanishdi.
Sohib “Xotinim bilan qonuniy ajrashganman” deb, uyimizga sovchi yubordi. To‘ydan oldin qizimga “Matiz” avtomashinasi sovg‘a qildi. Buni ko‘rib, shoshib qoldimmi yoki nafsning izmiga bo‘ysundimmi, ishqilib, surishtirmay-netmay, nikohlariga rozi bo‘ldim. Kuyovning “Hozircha shar’iy nikoh o‘qitib yashab turaylik, xotinim bilan qonuniy ajrashganimdan so‘ng nikohimizni rasmiylashtiramiz”, degan gapidan ham hushyor tortmabman.
Qizim boyaqishga bir yilgina baxtli hayot kechirish nasib etdi. Bir kuni kuyovning xotini ikki bolasini yetaklab kelib, “Hali erim bilan qonuniy ajrashmaganman, uy — meniki!” deb turib olibdi. Qizim homilador holida yana uyimga qaytib keldi.
Nevaram tug‘ilgach, uni parvarishlashga o‘zim qarashdim. Poytaxtdan ikki xonali uy olib berdim. Qizim hozir tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. To‘g‘ri, iqtisodiy jihatdan muammosi yo‘q, ammo bolasiga ota mehri, tarbiyasi kerak. Shularni o‘ylab, qizimga qanday yordam bersam bo‘larkin, degan tashvishdaman…
SAODAT aya, Buxoro viloyati.
— Qizingizni begona erkakka ikkinchi xotin qilib berishdan oldin atrofdagi yoshi ulug‘lar, ko‘pni ko‘rganlar mahalla maslahatchilari bilan maslahat qilishingiz, ularning fikrlariga quloq solishingiz kerak edi. Endi singan ko‘zani tuzatishning ham, chegalashning ham iloji yo‘q.
Hamma narsaga vaqt davo, deydilar. Qizingizga irodali bo‘lishi kerakligini, farzandiga otasining yo‘qligini bildirmasligi zarurligini tushuntiring, uni ma’nan qo‘llab-quvvatlab turing. Qizingiz farzandi hali esini tanimay turib oila qursa, ehtimol, turmush o‘rtog‘i bolaga yaxshi ota bo‘lar, bola ham uni o‘z otasidek qabul qilar. Ammo bolaning chinakam otasiga da’vo qilishga sizda yo‘l yo‘q. Qonun uning birinchi ayolini himoya qiladi. Chunki erkak ayoli bilan qonunan ajrashmasdan turib, sizning qizingizni nikohiga olgan.
Bunday vaziyatda onadan ko‘ra bolaga yashash qiyinroq kechadi. Atrofdagi do‘stlari, sinfdoshlari otasi haqida gapirganida, bolaning qalbi o‘ksiydi. Ko‘pincha onalar farzandining qalbidagi kemtiklikni moddiy narsalar bilan to‘ldirishga harakat qilishadi. Biroq ota mehri va tarbiyasini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi.
Ruhshunos Odina OTAJONOVA
Manba: tasvir.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi