Qashqadaryoda o‘g‘il o‘z otasini pichoqlab o‘ldirdi

Qashqadaryoda o‘g‘il o‘z otasini pichoqlab o‘ldirdi
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 9 fevral kuni soat 20:30 larda fuqaro X.Q. uyida oilaviy janjal chiqadi.

Oqibatda u o‘z otasi Sh.R.ni chap biqin qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgan. Natijada Sh.R. kecha, 10 fevral kuni soat 16:50 larda uyida vafot etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, X.Q. qo‘lga olingan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar