
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Toirovich Mirzayev lavozidan ketdi. Bu haqda «KUN.UZ» ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Zoyir Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimini saqlab qolgan.
Zoyir Mirzayev 2016 yilning kuzida Shuhrat Teshayev o‘rniga Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri bo‘lgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, vazirlik ikkiga ajratilgan: Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi.
Endilikda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Namangan viloyatining sobiq hokimi Bahodir Tursunovich Yusupov rahbar etib tayinlangan.
2009-2015 yillarda Namangan viloyatini boshqargan Bahodir Yusupov shu kunga qadar O‘zbekiston fermerlari Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar