08:05 / 15.02.2018
7 978

Oila mustahkamligi kelin-kuyovning yoshiga bog‘liqmi?


Oila mustahkamligi kelin-kuyovning yoshiga bog‘liqmi?
Keyingi paytlarda erta turmushning zararli oqibatlari haqida tez-tez gapirilyapti. Bu gaplar qanchalik asosli? Turmush qurish va oila mustahkamligi uchun er-xotinning yoshi ahamiyatlimi?

Yuta universiteti sotsiologi Nik Volfinger o‘tkazgan sotsiologik tadqiqot natijasida shu narsa ilmiy isbotini topdi.

Volfinger tadqiqoti natijalariga ko‘ra, 28-32 yosh oralig‘ida qurilgan oilalar nisbatan mustahkam bo‘lar ekan. Shu yosh oralig‘ida oila qurganlar hech bo‘lmaganda ilk besh yil mobaynida ajrashish haqida o‘ylab ko‘rishmaydi. Bu esa ularning keyingi mustahkam oilaviy rishtalari uchun zarur poydevor yaratadi. Sotsiologlar bungacha ham kech uylanadigan erkaklar oilaviy munosabatlarda barqaror va mas’uliyatli bo‘lishini ta’kidlashgan edi.

25 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan insonlar o‘rtasida qurilgan oilalarda ajrashish holati juda kam kuzatilgan. Sotsiologlar oilaning mustahkamligi ko‘proq erkakning yoshiga bog‘liq masala ekanini, erkakning turmush o‘rtog‘i bilan yoshidagi farq 3-4 yoshdan oshmasligi zarurligini aytishmoqda.

20 yoshgacha qurilgan turmushning omonat bo‘lishi va uning keyinchalik muvaffaqiyatsizlikka yuz tutish ehtimoli yuqori bo‘lishini ko‘rsatgan. O‘smirlik yoshida inson oilani ko‘proq intim munosabatlarda tasavvur qiladi va mas’uliyatni u qadar ham o‘ylamaydi. 25 yoshdan keyin esa insonning aqli tiniqlashib, hayotga ravshanroq qaray boshlaydi. Qolaversa, iqtisodiy mustaqillik va oilani ham ma’nan, ham moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

Juda erta va juda kech bo‘lmagan nikoh (ya’ni 25 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan davrdagi) mustahkam oilaning oltin qoidasidir.

Amerikaning boshqa bir ta’lim maskani — Meriland universiteti sotsiologi Filip Kohen olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, qo‘lida hunari bo‘lgan yoki bilimga kafil bo‘luvchi diplomning borligi yosh oilaning mustahkam yashashi uchun muhim asos bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oila mustahkamligi kelin-kuyovning yoshiga bog‘liqmi?