
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tegishli tadbirlari natijasida diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgan o‘zbekistonliklardan biri ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.
«O‘zbekiston24» telekanalining xabariga ko‘ra, Samarqand viloyatida tug‘ilgan Jo‘rayev Sherzod Ukrainadan olib kelingan. U turli da’vatlar ostida 2015 yilda har xil davlatlarda bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, MXX xodimlari tomonidan IShID terrostik guruh jangarilari tarafdori va ularning vayronakor g‘oyalari bilan obdon zaxarlangan Ahror Qosimovni ko‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston RespublikasiMilliy Xavfsizlik XizmatiDiniy EkstremizmSamarqand ViloyatiJo‘rayev SherzodIShID Terrostik GuruhJinoyat IshiTergov HarakatlariAhror Qosimov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar