O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vazirligi Markaziy qo‘mondonligi qo‘shinlari qo‘mondoni general Jeffer Xarrigan boshchiligidagi harbiy delegatsiya tashrif buyurdi, deb ma’lum qilmoqda Qalampir nashri.
AQSH harbiy mutaxassislari ishtirokida “Profilaktik tibbiyot bo‘yicha axborot almashinuvi” mavzusida seminar tashkil qilindi. Unda harbiy-tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan kursantlar, harbiy shifokorlar ishtirok etdi.
“Bu tadbirni harbiy-tibbiy ta’lim sohasidagi axborot almashinuvi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Albatta, mazkur seminar mashg‘ulotlarida yangiliklar ham ko‘p bo‘ldi. Ayniqsa, innovatsion texnologiyalar sohasidagi ayrim yangiliklarni ta’lim tizimiga tatbiq etsak arziydi. Kelajakda bunday tadbirlarga ko‘proq xorijiy ekspertlar jalb qilinsa, mashg‘ulotlar samaradorligi yanada oshadi deb hisoblayman”, deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti boshlig‘i, tibbiy xizmat polkovnigi Jahongir Sabirov.
Martabali mehmon akademiya tarixi muzeyida bo‘ldi. O‘quv xonalarini ko‘zdan kechirdi, axborot-resurs markazi, kursantlarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.
General Xarrigan bundan keyin ham ikki tomonlama hamkorlik aloqalari rivojiga umid bildirib, yurtimizga tashrifidan mamnunligini izhor qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?