Nukus shahridagi ko‘p qavatli uylar yo‘laklariga suyuq gulqog‘ozdan ishlangan suratlar ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda, deb yozadi O‘zA.
Turli innovatsion g‘oyalari bilan e’tiborga tushayotgan nukuslik tadbirkor-ixtirochi Rashid Qartbayev endi chiqindi matolardan ham samarali foydalanish yo‘lini topdi. Uning korxonasida aynan ko‘p qavatli uylar yo‘laklari uchun ishlatiladigan suyuq gulqog‘oz tayyorlanmoqda.
Chiqindilarga ikkinchi hayot berish g‘oyasi bilan yashayotgan R.Qartbayev korxonasi homiyligi hisobidan Nukus shahridagi “Temir yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 22-kichik tuman 1.D uyning kirish yo‘laklarini yangi ixtirosini qo‘llagan holda, ta’mirdan chiqardi.
Muhimi, suyuq gulqog‘ozlar bilan kirish yo‘laklarini ta’mirlash ko‘p qavatli uyda yashovchi aholi uchun ma’qul kelib, ancha arzonga tushmoqda.
“Oydin yo‘l kommunal” shirkati raisi B.Berdiboyevaning ta’kidlashicha, ko‘p qavatli uylarning har bir podyezdi uchun 7 million so‘m atrofida xarajat qilingan bo‘lsa, suyuq gulqog‘oz bilan ta’mirdan chiqarilgan yo‘laklar uchun har biriga atigi 3 million 200 ming so‘m kifoya qilgan.
– Hozir chiqindi deb tashlangan deyarli barcha narsalarga ikkinchi hayot bermoqdaman, – deydi tadbirkor Rashid Qartbayev. – Bu chiqindi matolar maxsus dastgohlarda maydalanadi va unga rang beriladi. Mahsulotimiz narxi arzon va sifatli bo‘lgani bois bozori chaqqon. Eng asosiysi, atrof-muhit musaffoligiga hissa qo‘shyapman.
Oldingi maqolalarimizda tadbirkorning polietilen chiqindilardan tomyopgich, bruschatka, quvur va boshqa narsalar ishlab chiqarayotgani, yaproqdan uy qurayotgani, parranda uchun tashlandiq suyaklardan un ishlab chiqarayotgani, 7 sotix yerdan 70 tonna tarvuz yetishtirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida yozgan edik.
Shu o‘rinda aytish kerakki, ixtirochi-tadbirkor Rashid Qartbayev chiqindilardan o‘tgan yili 1 milliard 200 million so‘m daromad ko‘rgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?