07:33 / 23.02.2018
5 185

Qo‘li egri kelinlarga jazo muqarrar. Ammo...

Qo‘li egri kelinlarga jazo muqarrar. Ammo...
Qiziq, kishi o‘zi yashayotgan uyda ham o‘g‘rilik qilishi mumkinmi? Taassufki, shunaqasi ham bo‘lar ekan. “Yangi turmush” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi yashovchi mehnat faxriysi Q. I. “Temir sandig‘imdan 600 AQSH dollari miqdoridagi pulimni o‘g‘irlab ketishibdi” deya Buxoro tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilganida hech kim o‘g‘ri shu uydan topiladi, deb o‘ylamagan edi.

Qilni qirq yoradigan ichki ishlar tezkor xodimlari jinoyatchining kimligini aniqlashdi. O‘g‘ri shu xonadonda yashovchi, jabrdiydaning kelini M. S. bo‘lib chiqdi. U qaynotasining uyda yo‘qligidan foydalanib, ochiq holda qolgan sandiqdan pullarni yashirincha o‘margan ekan. Tabiiyki, o‘g‘irlik qilgan kelinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi ochildi. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maqolaga shu bilan nuqta qo‘yishimiz ham mumkin edi. Ammo tuman ichki ishlar bo‘limiga qilingan yana bir murojaat e’tiborimizni tortdi. Unda “Novmetan” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A. A. o‘z uyidan onasiga tegishli 7 million 700 ming so‘mlik tilla taqinchoqlar o‘g‘irlab ketilganini bayon etgan. Surishtiruv ishlaridan so‘ng bu o‘g‘irlikni A. A.ning turmush o‘rtog‘i N. S. sodir qilgani aniqlandi. Kelin qurmagur qaynonasini tunagan ekan.

Qo‘li egri kelinlarga jazo muqarrar. Ammo endi ular ko‘cha-kuyda qanday bosh ko‘tarib yurishadi?! O‘z yaqinlarining ko‘zlariga qanday qaray olisharkan?!

Manba: Xalq so‘zi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘li egri kelinlarga jazo muqarrar. Ammo...