13:50 / 23.02.2018
5 378

Yordam berish uchun ishlash. Sidra Tursunovaning muvaffaqiyati!

Yordam berish uchun ishlash. Sidra Tursunovaning muvaffaqiyati!
Yaxshilik bu ayolning yuragida yashaydi. U har doim atrofidagi barcha insonlarga e’tibor bilan qaraydi va agar kimdir yordamga muhtoj bo‘lsa, yordam qo‘lini uzatadigan birinchi inson bo‘ladi. Qahramonimiz Sidra Tursunova hayotida ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirgan. 8 yillik tinimsiz mehnat natijasida Sidra Tursunova turmush o‘rtog‘i va to‘rt nafar farzandi bilan birgalikda oyoqqa turgan va va bir nechta bizneslarni mohirlik bilan boshqarmoqda. Ushbu intervyuda Sidra Tursunova bizga o‘z muvaffaqiyatlarining sirlarini ochishga harakat qildi.

– Assalamu alaykum, Sidra Tursunova. Juma kuni bepul non tarqatishingiz haqida eshitdik, bu to‘g‘rimi?
– Va alaykum assalom, ha, juma kunlari biz ehtiyojmandlarga va pensionerlarga nonni bepul tarqatamiz. Har bir inson do‘konimizga kelib, nonni tekinga olib ketishi mumkin.

– Bu fikr qayerdan paydo bo‘lgan?
– Men yordam berishni yaxshi ko‘raman. Agar muhtoj odamni ko‘rsam, uning oldidan shunchaki o‘tib ketolmayman. Kunlarning birida men kassada turgan vaqtimda oldimga haridlarini to‘lash uchun bir qari kampir keldi, lekin uning nonga yetarlicha puli yo‘q edi va qo‘lidagi tangalarni sanayotgandi. Shu payt menda bu kampirga nonni bepul berish fikri tug‘ildi. Erim bilan maslahatlashganidan so‘ng, bu ishni har juma kunlari o‘tkazishga qaror qildik. Biz buni bir yildan buyon qilib kelyapmiz. Pensionerlar shundoq ham juda kam nafaqa olishadi va shu pullarga jon saqlashlariga to‘g‘ri keladi. Men bu ishni jamiyatimizga qo‘shayotgan kichik hissam deb bilaman.

– Sizning boshqa xayriya tadbirlaringiz haqida ham eshitdik, ular xaqida ham aytib bera olasizmi?
– Ha, biz qo‘ldan kelganicha yurtdoshlarimizga yordam berishga harakat qilamiz. Biznes bilan shug‘ullanganimiz sababli, ko‘pincha erta tongda bozorga mahsulotlarimizni olib boramiz, yo‘lda ko‘pincha ko‘chalarni tozalayotgan keksa odamlarni ko‘raman. Ularni ko‘rganda har safar yuragim eziladi. Imkon bo‘lishi bilan men ularga oziq-ovqat mahsulotlarini berishga harakat qilaman, bundan ular qanchalik quvonishlarini tasavvur qila olmaysiz. Biz ham o‘z navbatida bu holatdan juda xursand bo‘lamiz.

Bu yil ish sovuq kelganligi sababli, O‘sh bozoridagi ustalar juda qiynalishdi. Men ular uchun uyda ovqat tayyorlayotgandim. Turmush o‘rtog‘im, opam va bolalarim ularning oldiga borib, issiq ovqatlar tarqatishdi. Bundan tashqari sovuq kunlarda men erim bilan birga mashinada ko‘chaga chiqib, odamlarni o‘z uylariga olib borib qo‘ydik. Biz turmush o‘rtog‘im bilan odamlarga ko‘proq yordam berishga harakat qilamiz. Chunki farzandlarimiz bundan yaxshi ibrat olishlarini xohlaymiz. Xayriya tadbirlari oilamizning yanada jisplashtiradi va bizlarni baxtli qiladi.

– Xayriya tashkilotini ochishni rejalashtirmoqdamisiz?
– Men bu haqda o‘ylab ko‘rmaganman. Hozircha xayriyani o‘zim uchun ish deb o‘ylashga va bu ishlar bilan muntazam shug‘ullanish haqida o‘ylab ko‘rganim yo‘q. Men hayotimda uchraydigan odamlarga yordam beraman, bir paytlar o‘zimiz ham biz ancha qiyinchiliklarni boshdan kechirganimiz uchun, yordamga muhtoj odamning yonidan o‘tib keta olmayman. Hammasi uyda pishiriq tayyorlashdan boshlanadi

– Siz muvaffaqiyatli ona va ishbilarmon ayolsiz. Ushbu yutuqlarga erishishi qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirishga to‘g‘ri kelgan?
– Men 20 yoshimda turmush qurganman. Biz, ko‘p yosh oilalar singari, avvaliga ijarada turganmiz. Men Turkiyada diniy ta’lim olganman. Qaytib kelgach, o‘z mutaxassisligim bo‘yicha bu yerda ishladim. Lekin maoshim deyarli hech narsaga yetmas edi. Ota-onam turli pishiriqlar tayyorlash bilan shug‘ullanganliklari uchun, men bolaligimdan turli tort va shirinliklar tayyorlashni yaxshi ko‘raman. Shundan so‘ng men ishdan bo‘shadim va uyda shirinliklar pishirib sota boshladim. Men piyoda do‘konlarni aylanib, o‘z mahsulotlarimni taklif qilar edim. Bir ozdan so‘ng ishlarim yurisha boshladi va ishlab topgan pullarimga men yana qo‘shimcha ikkita pech sotib oldim. Oldin esa menda onam sovg‘a qilgan bir donagina Kumtel pechi bor edi. Shunday qilib, sekin sekin biz o‘zimizga uy va mashina sotib oldik. Keyin biz otamning maslahatlariga ko‘ra Turkiyadan Qirg‘izistonga kiyim-kechaklar olib kelib sota boshladik. Alloh bizning ishimizga baraka ato etdi va yaxshi daromad ko‘ra boshladik. Albatta, bularning hammasi bir zumda bo‘lib qolgani yo‘q. Bu tinimsiz mehnatimiz natijasida yuzaga keldi.

– Hayotdagi qiyinchiliklargi yengilmaslik uchun qayerdan kuch topasiz?
– Men odatda juda faolman, barcha usullarni sinab ko‘rmaguncha tinch turolmayman. Men doimo barcha o‘ylab qo‘gan g‘oyalarni amalga oshirishga harakat qilaman. Boshqa tomondan, dinim menga kuch beradi. Musulmon sifatida siz har doim iloji boricha yaxshiliklar qilishga harakat qilasiz va jamiyatingizni rivojlantirishga hissa qo‘shishga intilasiz. Men qanchalik ko‘p pul topsam, shunchalik ko‘p odamlarga yordam berishim mumkin. Bu menga ilhom beradi. Qiyin vaqtlarda men doim duo qilaman va hech qachon orzu qilishdan to‘xtamayman. Orzularimni ruyobga chiqarish uchun tinmay mehnat qilaman. Biz ijaraga olingan uyda yashaganimizda, men kasalxonalar qurish, odamlarga yaxshilik qilishni orzu qilar edim. Atrofimdagi odamlar esa mening orzularimni eshitib, avval o‘zingizga yordam bering, deb kulishardi. Men esa ich ichimdan o‘z maqsadlarimga erishishimga ishonardim. Hozir turmush o‘rtog‘im bilan restoran qurmoqdamiz, ushbu ishdan olinadigan daromadni nasib etsa muhtojlarga yordam berish uchun ishlatamiz. Har bir ishni boshlashdan avval niyatni to‘g‘ri qilib olish va sabr toqat bilan ishlash lozim. Bu muvaffaqiyat siridir.

– Ishlaringizga omad tilaymiz. Suhbat uchun rahmat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yordam berish uchun ishlash. Sidra Tursunovaning muvaffaqiyati!