“Falokat ekan, yaqinda mashinamni urib oldim, evakuator chaqirishga to‘g‘ri keldi. Evakuatorchi pul talab qilyapti, uni sug‘urta kompaniyasi pul to‘lashi kerakmasmi? Axir majburiy sug‘urtam bor-ku?” (Samarqand viloyati)
Mazkur fuqaroning savoliga Adliya vaziriligining “Huquqiy axborot” kanalida berilgan javobni Xabar nashri ma’lum qiladi.
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonunga asosan, transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga ko‘ra sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanuvchilarga ularning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga ushbu sug‘urta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi.
Ya’ni mazkur shartnoma turida evakuator xizmatiga sug‘urta tashkiloti pul to‘lashi nazarda tutilmagan. Ixtiyoriy sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urtalangan transport ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda, shartnomaga muvofiq, evakuator xizmatiga sug‘urta kompaniyasi pul to‘lashi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi