11:25 / 01.03.2018
5 953

Samarqand yo‘llarida YHXBning innovatsion targ‘ibot ustuni va radar o‘rnatilmoqda (video)

Samarqand yo‘llarida YHXBning innovatsion targ‘ibot ustuni va radar o‘rnatilmoqda (video)
Samarqand viloyati IIB YHXB boshqarmasi tomonidan viloyat hududidagi yo‘llarda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish va harakat ishtirokchilarini hushyorlikka chaqirish maqsadida innovatsion g‘oyalar va zamonaviy axborot telekomunikatsiya imkoniyatlarini yangicha usullaridan keng foydalanilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, fuqarolar gavjum joylarda, avariya o‘choqlarida, ko‘rinish cheklangan va transport vositalari serqatnov hududlarda “To‘rttasi birda” targ‘ibot ustuni o‘rnatilib, unda transport vositalarining harakat tezligini o‘lchovchi moslama (radar), diqqatni jalb qiluvchi ya’ni ko‘k-qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha, yo‘l harakati qoidalari va yo‘l belgilarini elektron tarzda targ‘ib qiluvchi (tablo) taxta hamda yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslikni ayanchli oqibatlarini aks ettiruvchi peshlavhalar o‘rnatilib, unumli foydalanilmoqda.

Kun.uz’ga viloyat YHXB tomonidan taqdim etilgan ushbu suratda Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida o‘rnatilgan ana shunday qurilma tavsirlangan.

Mana shu singari olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Samarqand viloyatida yo‘l-transport hodisalar soni o‘tgan yilga nisbatan 7 foizga, vafot etganlar soni 6 foizga, tan jarohatlari olganlar soni esa 1,2 foizga kamayishiga erishildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand yo‘llarida YHXBning innovatsion targ‘ibot ustuni va radar o‘rnatilmoqda (video)