6 771
O‘qituvchilarni qamchi bilan dalaga haydaydigan hokimlar, ularga hurmatni Yuqori Chirchiqdan o‘rgansin
Aniq esimizda, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi muhokamalaridan keyin O‘zbekistondagi internet-nashrlar, ayrim gazetalar, televideniye va radiolarda o‘qituvchilarning paxta va boshqa ishlarga majburiy tarzda jalb etilishi bilan bog‘liq tanqidiy materiallar soni ortgandi.
Oradan vaqt o‘tdi, bu masala matbuot sahifalaridan tushgani yo‘q.
Hukumatning eng yosh a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali mazkur masalaga to‘xtalib, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida o‘qituvchilar qanday izzatlanayotganini misol tariqasida ko‘rsatdi.
Gap shundaki, tuman hokimiyati ro‘parasidagi bilbordga Yuqori Chirchiqning eng ilg‘or 23 nafar pedagogi surati tushirilgan bo‘lib, bannerga “Yuqori Chirchiq tumani “Ta’lim yulduzlari” deb yozilgan. Vazir o‘rinbosari esa bu haqida shunday deydi:
“Yurtboshimiz aytganlaridek, hokimlarimiz endi paxta bilan emas, ta’lim bilan shug‘ullanishsa, ko‘rasizlar iqtisod va mamlakat rivoji shunday sayqal oladi-ki, bir necha yillarda katta yutuqlarga erishamiz.
O‘qituvchilar obro‘si uchun har soniya yonib yashayotganingda, hokimiyat ro‘parasidagi bilbordga reyting va mehnati samarasi natijasida surati ilingan namunali o‘qituvchilar dardga malhamdek bo‘larkan. Joylardagi rahbarlarga juda ko‘p masalalar bog‘liq hamda ularni ustozlarni doimo qo‘llab-quvvatlashga va qadrlashga chaqirib qolamiz.
O‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlagan hokim va rahbarlarni biz ham o‘z yaqinlarimizni hurmat qilgandek hurmat qilamiz va ular bilan ishlashdan faxrlanamiz.
Rahbarlarni ham shu kabi xayrli va oliyjanob ishlarni amalga oshirishlarida rag‘batlantirishimiz kerak. Respublika bo‘ylab juda ko‘p namunali va oliyjanob hokimlarni ko‘rdim. Ular soni ko‘payishiga tilakdoshmiz.
Xudo xohlasa hali sizlarning obro‘laringiz shunday oshadi-ki, aziz ustozlar!”
2017 yilning yoz oylarida “Qalampir.uz” muxbiri guvoh bo‘lgan voqeaga e’tibor qaratsak: “Xalqaro press-klub” sessiyalaridan birida jurnalist senatorlardan o‘qituvchilar va shifokorlarning paxta yig‘im-terimiga jalb etilishiga qachon barham berilishini so‘ragan edi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova mazkur masalaga quyidagicha javob bergandi:
“Masalaning boshqa tomoni ham bor. Siz bilan biz yashaydigan yerning yuzini siz bilan biz tozalamasak, tashqaridan kelgan odam tozalab beradimi? Toshkentda chiqindi tashiydigan maxsus avtomobillar to‘lib ketib, chiqindilarni tashishga ulgura olmayapti.Tozalash ishlarini ham kimdir qilishi kerak-ku”. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...