O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizdagi birinchi raqamli shaxs hisoblanadi va hamisha diqqat markazida bo‘ladi. Shavkat Mirziyoyev o‘zining tig‘iz ish tartibi bo‘yicha nafaqat qo‘shni davlatlar, balki dunyoning yetakchi davlatlari yetakchilari bilan bemalol bellasha oladi. Prezident o‘z lavozimiga kirishgan kundan buyon bosib o‘tgan masofa ham har qanday lider uchun havas qilgulik. Xo‘sh, Shavkat Mirziyoyev ana shu o‘ta tig‘iz ish kunlari, muntazam safarlari davomida qanday transportlardan foydalanadi?
Biz davlatimiz rahbari foydalangani ochiq manbalarda e’lon qilingan transportlarni tahlil qilib chiqdik, deb yozadi Xabar nashri.
Shavkat Mirziyoyev va Soronbay Jeenbekov Toshkentdagi ko‘rgazmada
Foto: “President.uz”
Davlat rahbari poytaxtda “Prezident korteji”dan foydalanadi. Bu borada ham muhim jihatga e’tibor berish lozim. Birinchi prezident Islom Karimov davrida poytaxtda kortej harakatlanuvchi ko‘chalarda avtomobillar va piyodalar harakati kortej o‘tishidan ancha muddat oldin to‘liq, yondosh ko‘chalarda qisman to‘xtatilardi. Birinchi prezident viloyatlarga borganida esa viloyatning markaziy shahrida ham, u tashrif buyuruvchi tumanlarda ham avtomobil harakati bir necha soat oldin butunlay to‘xtatilgan va prezident qaytganidan keyingina ochilgan. Bu choralar o‘z davrida xavfsizlik nuqtai nazaridan qo‘llangani e’tirof etiladi.
Hozir prezident Shavkat Mirziyoyev harakatlanuvchi yo‘llardagi harakat faqat kortej o‘tayotgan onlarda qisqa muddatga to‘xtatiladi va bu haydovchilarga ham, yo‘lovchilarga ham noqulaylik tug‘dirmaydi.
Prezident faqat kortej bilan chegaralanib qolmaydi albatta. Poytaxtdagi Bunyodkor shohko‘chasi bo‘ylab o‘tgan “Novza” metrosi ustidagi ko‘prik ochilishida Shavkat Mirziyoyevning shaxsan o‘zi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan “Malibu” avtomobilini boshqarib, ko‘prikni ko‘zdan kechirgani ko‘pchilikning e’tibori va e’tirofiga sazovor bo‘lgandi.
Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omborida, 2017 yil
Foto: “President.uz”
Shuningdek, davlatimiz rahbari yurtimizning eng chekka hududlariga ham tashrif buyurishi bilan xalqimizning olqishiga sazovor bo‘lgan. Prezident qachon qayerga borishini oldindan uning o‘zidan boshqa hech kim bilmaydi. Chekka hududlarda esa turli-tuman transportlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Xususan, Sirdaryo viloyatiga vertolyotda tashrif buyurgani, Sardoba suv omborida bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish chog‘ida katerdan foydalangani ham xalqimizga namoyish etilgandi.
Respublikamiz bo‘ylab alohida xizmat samolyotidan foydalanishi va samolyotdagi maxsus stolda ham uzluksiz ish jarayoni kechishi suratlarda o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, uzoq davlatlardan biri – AQSHga safari chog‘ida rossiyalik o‘zbek milliarderi Alisher Usmonovning “Burhon” nomli shaxsiy samolyotida uchib borgani O‘zbekiston havo yo‘llari tomonidan ommaga e’lon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...