16:30 / 02.03.2018
11 863

Sharof Rashidov muzeyiga Abdulaziz Komilovning surati nega joylashtirilgan?

Sharof Rashidov muzeyiga Abdulaziz Komilovning surati nega joylashtirilgan?
2017 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ochilgan Sharof Rashidov muzeyida yozuvchi hamda siyosiy arbobning suratlari, buyumlari, kitoblari saqlanadi. Muzey eksponatlari orasidan davlat arbobining oilaviy suratlari, qizlari, kuyovlari va nabiralarining rasmlari ham o‘rin olgan.

Ushbu suratlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning ham surati bor, deb yozmoqda Qalampir nashri. Gap shundaki, Abdulaziz Komilov Sharof Rashidovning qizi Gulnora Rashidova bilan oila qurgan.

Surat ostiga esa “Sharof Rashidovning qizi Gulnora Rashidova umr yo‘ldoshi Abdulaziz Komilov va farzandlari bilan” deb yozilgan.

O‘zbekiston jamoatchiligi Sharof Rashidovning oila a’zolaridan uning to‘ng‘ich qizi Sayyora Rashidovani yaxshi taniydi. Rashidovaning siyosiy doiradagi faoliyati samarali davom etib kelmoqda. U hukumat tomonidan o‘tkaziladigan rasmiy marosimlarda doimiy ishtirokchilardan biri. Biroq O‘zbekiston xalqi uchun Sharof Rashidovning qolgan oila a’zolari parda ortida, jumladan Gulnora Rashidova ham.

Ma’lumot o‘rnida, Sharof Rashidovning to‘rt qiz, bir o‘g‘li bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sharof Rashidov muzeyiga Abdulaziz Komilovning surati nega joylashtirilgan?