
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Navoiy viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar qilgan edik.
Xalqaro anjuman doirasida g‘azalxonlik tanlovida Alisher Navoiy g‘azallarini yodlab, 1-o‘rinni ko‘lga kiritgan 8-sinf o‘quvchisi Ibrohim G‘afforov viloyatga tashrif buyurgan Prezidentni ham o‘z iste’dodi bilan hayratga solgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Prezident Ibrohim G‘afforovni kitoblarga bo‘lgan qiziqishi, bilim olishga intilishi va jamoat oldidagi ibratli harakati uchun “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirlab, Spark avtomobilini sovg‘a qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar