
Alisherbek Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirovning o‘g‘li Alisherbek Qodirovni qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatiga kiritdi.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Alisherbek Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan:
165-moddaning 2-qismi “a” bandi – takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan tovlamachilik;
165-moddaning 3-qismi “a” bandi – juda ko‘p miqdordagi tovlamachilik;
168-moddaning 3-qismi “a” bandi – ko‘p miqdordagi firibgarlik;
168-moddaning 4-qismi “a” bandi – juda ko‘p miqdordagi firibgarlik;
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mamlakatning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgandi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar