Foto: “GUVD.uz”
2018 yilning 4 mart kuni taxminan soat 15:30 larda noma’lum shaxslar “Toshkent savdo markazi” bozori yonida fuqaro K.B.ga hujum qilishib, 43.300.000 so‘m miqdoridagi pullari va “Samsung” rusumli uyali telefonini bosqinchilik yo‘li bilan egallab olganlar. Shundan so‘ng, jabrlanuvchining avtomashinasidan foydalangan holda bir necha kilometr masofa bosib o‘tib, uni turar-joy uylari yonida qoldirganlar va egallab olingan mol-mulklar bilan jinoyat sodir etilgan joydan yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Sergeli tumanida yashovchilar muqaddam sudlangan X.Sh. va M.M. sodir etganliklari aniqlangan.
Sodir etilgan jinoyatning og‘irlik darajasi va jinoyatchilarning shaxsini inobatga olib, ularni Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv bo‘limining malakali xodimlari va maxsus bo‘lim xodimlari bilan hamkorlikda ushlash haqidagi qarorga kelindi. Qo‘lga olish davomida jinoyatchilar faol qarshilik ko‘rsatib, yashirinishga uringanliklariga qaramasdan, ular zararsizlantirilib, qo‘lga olindilar.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi