5 709
Qiynoqqa solish jinoyatlari bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha jazo muqarrarligi ta’minlanadi
O‘zbekiston Oliy sudi Rayosati qiynoqqa solish va qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qo‘llash jinoyatlari bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha jazoning muqarrarligi ta’minlash, yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Oliy sudi Plenumi qarorini tayyorlamoqda. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabariga tayanib Sof.uz ma’lum qiladi.
2017 yil 30 noyabrda O‘zbekiston Prezidentining «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilingan edi. Unda huquqni muhofaza qilish va sud organlari jinoiy ish yuzasidan protsessual qonunchilikni buzish yoki noqonuniy yo‘llar bilan olingan ma’lumotlardan dalil sifatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirilgan. Bu kabi qonunbuzarliklar va yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan uslublarga qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash (Jinoyat kodeksining 235-moddasi, Jinoyat-protsessual kodeksning 11-moddasi) kiradi.
Oliy sud Rayosati tomonidan ilk marotaba jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish bo‘yicha 2016 va 2017 yillardagi sud amaliyoti natijalari ko‘rib chiqildi.
Oliy sud tomonidan ichki ishlar idoralari xodimlari orasida bu toifa jinoyatlarni sodir etishga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga taqdimnoma kiritildi.
Shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov va jazo o‘tash muassasalarida inson huquqlari muhofazasini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga axborot kiritildi.
Viloyat va ularga tenglashtirilgan sudlar raislari e’tibori Jinoyat protsessual kodeksining 298-moddasiga muvofiq xususiy ajrim chiqarib tegishli davlat organlari mansabdor shaxslaridan mazkur jinoyatlar sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishni talab qilishga qaratildi.
Ma’muriy sudlar sudyalaridan huquqbuzarlarga ma’muriy qamoq bilan bog‘liq jazo tayinlashda, huquqbuzarlikni tasdiqlovchi omillarning mavjudligi, ma’muriy qamoq tayinlashning maqsadga muvofiqligiga qat’iy baho berish talab etildi.
Shuningdek, barcha sudlarga joylarda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, jazoni ijro etish muassasalari xodimlari orasida ushbu jinoyatlarni oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbirlarini keskin kuchaytirish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”