00:23 / 09.03.2018
4 961

O‘zbekistonda 31 martdan boshlab banklarga kirishda hujjat tekshirish bekor qilinadi

O‘zbekistonda 31 martdan boshlab banklarga kirishda hujjat tekshirish bekor qilinadi
Markaziy bank bank muassasalariga kirishda hujjat tekshirishni bekor qilishni taklif etmoqda. Bu “Bank xizmatlaridan foydalanish qulayligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasida ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi Daryo.

Markaziy bank 2018 yil 1 iyuldan tijorat banklari uchun quyidagi talablarni belgilashni taklif etmoqda:
  • Mijozlar bevosita xizmat ko‘rsatish hududiga to‘siqlarsiz, dastlabki ruxsat va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz o‘tishi;

  • Ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari to‘g‘risida mijozlar qabuli ma’murlaridan dastlabki maslahatlar olish;

  • Kredit talabnomalari ro‘yxatga olinishi va ko‘rib chiqilishi, kredit berilishi yoki rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinishi jarayoni shaffofligini ta’minlash.

Mazkur hujjat 22 martga qadar muhokama etilishi va izoh qoldirlishi mumkin. Uning 31 martdan kuchga kiritilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 31 martdan boshlab banklarga kirishda hujjat tekshirish bekor qilinadi