Men kollejdagi faoliyatim davomida ko‘plab o‘quvchilar va ota-onalar bilan suhbatlashaman. Ota-onalarimiz orasida “Mening vazifam faqat farzandimni kiyintirish va ovqatlantirish, tarbiyasi va bilimi haqida o‘qituvchilar qayg‘ursin”, deydiganlari ko‘plab topiladi. Garchi Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga juda katta e’tibor qaratilayotgan bo‘lsa-da, haliyam bugungi kun talablarini, mezonlarini tushunib anglashga ulgurmagan ota-onalarimiz borligi tashvishlanarlidir.
Masalan, bir o‘quvchimizning ota-onasi farzandini tashlab butunlay xorijga pul topish uchun ketgan. O‘sha o‘quvchi bilan gaplashganimda, “Men o‘rtoqlarim kabi ota-onam bilan bir dasturxon atrofida o‘tirib ovqatlanishni, ularga ko‘nglimdagi gaplarimni aytib, maslahat olishni orzu qilaman”, dedi ko‘zida yosh bilan. Bu suhbatdan so‘ng uning buvisini kollejga chaqirdim. Vaziyatni tushuntirdim. Keksa ayol meni to‘g‘ri tushundi.
Ota-onalarga bir narsani ta’kidlamoqchiman: farzandlaringiz sizga Alloh bergan bebaho ne’mat, ularni yaxshi ko‘ring, hamisha yonida bo‘lishga harakat qiling. Toki ularning hayot daftari mehringiz bilan mazmunli va rang-barang bo‘lsin. Shundagina dilbandingiz ham hayotni qadrlashga, Ona Vatanni sevishga intiladi. Fursatdan foydalanib barcha buvijonlarimiz, onajonlarimiz, opaxonlarimiz va ingillarimizni bayram bilan muborakbod etaman! Jamoamizda fidoyilik bilan faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarimiz: Tamara Vahobova, Aziza Sarvarova, Komila Darmonova, Dilorom Oripova, Yulduz Ubaydullayeva, Nigora Arzimurodovalarga sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolaman!
Barno ISAYEVA,
Toshkent madaniyat kolleji kafedra mudiri.
Toshkent madaniyat kolleji kafedra mudiri.
Manba: Tasvir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?