11:42 / 15.03.2018
4 336

XPK: "Dabdabali to‘ylarga qarshi jadidlar ham kurashgan edi"

ХПК: "Дабдабали тўйларга қарши жадидлар ҳам курашган эди"
Foto: Xalqaro Press klub
Xalqaro Press klubning 14 mart kuni tashkil etilgan sessiyasi “Maslahatli to‘y tarqamas yoxud tanazzulga olib borayotgan hoyu havas” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan sessiyada dastavval tarixga qaytildi hamda jadidlar harakati davrida ham ayni masala ziyolilarning e’tiborini tortib kelgan og‘riqli mavzulardan biri bo‘lgani aytildi, deb yozadi Kun nashri.

“Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bizning milliy ziyolilarimiz, jadidlarimiz to‘y-marosimlar haqidagi fikrlarini gazetalar orqali xalqqa yetkazishga harakat qilishgan. Masalan Adbulhamid Cho‘lpon ayni shu jarayonlarni “Doktor Muhammaddiyor” asarida ajoyib tasvirlagan. Unda 20-asr boshlarida bizdagi to‘y manzaralarini aks ettirishga e’tibor berilgan.

Foto: Xalqaro Press klub
Xususan, doktor Muhammaddiyor ertalab stansiyaga kelib, juda ham iztirobli jarayonlarga guvoh bo‘ldi:Bir musulmon xurjunini yo‘qotgan. Boshqasi bir-biri bilan urushib, burnini qonatgan. Yana biri chiptani boshqa stansiyaga olib qo‘ygan. Bir musulmonni poyezd ma’murlari urushgan. Shu holatlardan xafa bo‘lgan, dahshatga tushgan Muhammaddiyor perronga qarab kelar ekan, yuqoridagi holatlar sababchisini ko‘radi. Kavkazdan kelgan bir fuqaro do‘kon ochib olib, boy bo‘lib, 2 farzandini hukumat maktablarida o‘qitayapti.

Bizning musulmonlar esa, topgan-tutgan pullarini to‘ylariga, marosimlariga ishlatayotganini iztirob bilan aytib kelganiga qaramay, 21-asrda ham barcha shu illatni muhokama qilmoqda”, - dedi tarixchi olim Baxtiyor Hasanov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » XPK: "Dabdabali to‘ylarga qarshi jadidlar ham kurashgan edi"