5 290
Sud tibbiy-ekspertizasi: Bobomurod Abdullayevning qiynoqqa solingani o‘z isbotini topmadi
Foto: «Facebook» / Bobomurod Abdulla
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida bugun, 15 mart kuni, O‘zbekiston Konstitutsion tuzumiga tajovuz qilishda ayblanayotgan Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Ravshan Salayev va Shavkat Olloyorov ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda «Xabar.uz» nashri.
Eslatib o‘tamiz, 7 mart kuni boshlangan sud majlisida sudlanuvchi Bobomurod Abdullayevning advokati Sergey Mayorov iltimosnomasi qanoatlantirilib, Abdullayev qiynoqqa solingan-solinmaganini aniqlashtirish uchun sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan edi.
Bugungi sud majlisi boshlanishida sudlanuvchi Bobomurod Abdullayevga nisbatan sud tomonidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasi o‘qib eshittirildi.
Ekspertiza xulosasi Bobomurod Abdullayevning MXX tergov-izolyatorida qiynoqqa solinganligini tasdiqlamadi.
Bundan tashqari, bugungi sud majlisida Davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasi o‘qib eshittirildi.
Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Ravshan Salayev va Shavkat Olloyorovlar O‘zbekistonda davlat to‘ntarishini sodir etishga urinish, davlat hokimiyati vakillari va ularning oilalari vakillarini obro‘sizlantirishga harakat qilish, qurolli davlat to‘ntarishini targ‘ib qilish, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallar yozishda ayblanmoqda.
Bobomurod Abdullayev sud jarayoni davomida o‘qib eshittirilgan ayblovlarga javoban o‘z aybiga iqror emasligini ma’lum qildi.
Ravshan Salayev qisman iqrorligini aytdi.
O‘zbekiston konstitutsion tuzumiga tajovuz qilishda ayblanayotgan sudlanuvchi — bloger va iqtisodchi Hayotxon Nasreddinov esa o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.
Shavkat Olloyorov esa Bobomurod Abdullayev singari o‘z aybiga iqror emasligini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng Bobomurod Abdullayevning tergovi boshlandi.
Bobomurod Abdullayev o‘z tergov bayonoti davomida MXX tergovchilari uni Ichki ishlar vaziriga qarshi, Bosh prokurorga qarshi ko‘rsatma berishga majbur etishganiga iqror bo‘ldi. Shuningdek, urib, qiynashganini aytdi.
Tafsilotlar davom etayotganida soat 18:00 bo‘lganligi sababli so‘roq to‘xtatildi.
Keyingi sud majlisi 26 mart sanasiga belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?