11:53 / 22.03.2018
4 886

Terrorchilik tashkilotining a’zosi 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi (video)

Terrorchilik tashkilotining a’zosi 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi (video)
Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi «O‘zbekiston islom harakati» terrorchilik tashkilotining a’zosi, 1977 yilda tug‘ilgan Amirsaid Bahodirovga 18 yil qamoq jazosini tayinladi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib, «Daryo.uz» xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi 1990 yillarning boshida diniy aqidaparastlar ta’siriga tushib qolgan. 1998 yilda u Afg‘oniston chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, «O‘zbekiston islom harakati» terrorchilik tashkiloti safiga borib qo‘shilgan. Amirsaid Bahodirov u yerda jangovar mashg‘ulotlar va harakatlarda ishtirok etgan.

«Sud jarayonida ayblanuvchining ma’lum qilishicha, Afg‘onistonda amalga oshirilgan jangovar harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchragach, u jangarilar guruhi tarkibida Pokistonga o‘tib ketgan», — deyiladi xabarda. 2013 yilda Bahodirov Afg‘oniston—Pokiston chegarasini kesib o‘tishga uringanida qo‘lga olingan va Afg‘onistonda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazo muddati tugagach, u O‘zbekistonning tegishli idoralari qo‘liga topshirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Terrorchilik tashkilotining a’zosi 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi (video)