13:13 / 22.03.2018
5 416

Folbinga “chuv” tushganlardan yana biri...

Folbinga “chuv” tushganlardan yana biri...
Sodda odamlarni aldash, mol-dunyosini o‘zlashtirishni kasb qilgan, folbinlikdan firibgarlik yo‘lida foydalangan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Qibray tumanida yashovchi, turmushga chiqmagan, endigina yigirma besh yoshni qarshilagan S.Xatamova(ism-shariflari o‘zgartirilgan) folbinlikni kasb qilib olgan. 2018 yil 16 mart kuni u Qibray tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan J.Botirovani ishonchini suste’mol qilib, taqib yurgan tilla taqinchoqlarini aldov yo‘li bilan o‘zlashtirgan.

Aniqlanishicha, jabrlanuvchiga taqinchoqlar omadsizlik keltirishini aytib aldagan holda jami bahosi 18 million 775 ming so‘m bo‘lgan 3 dona tilla uzuk, 2 juft tilla zirak, 1 dona tilla zanjir, shuningdek, baraka keltirishi uchun “eskicha” yo‘l bilan o‘qib beraman deb, aldab 1 million 200 ming so‘m pullarini egallab olib, o‘z extiyoji uchun ishlatib yuborgan.

J.Batirova aldanganini sezib qolib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilganidan so‘ng folbin firibgarga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qibray tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Folbinga “chuv” tushganlardan yana biri...