O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi fohishaxonaga borgan shaxslarga nisbatan jazo belgilanishini ta’minlovchi moddalarga qo‘shimcha kiritishni taklif etmoqda. Bu boradagi loyiha Adliya vazirligi tomonidan Normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-1 moddasiga taklif etilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, jinsiy ehtiyojini qondirish maqsadida fohishaxonaga borgan shaxslar eng kam ish haqining (EKIH) 1 baravari miqdorida jarimaga tortilishini nazarda tutadi.
Ayni vaqtda, kodeksda fohishalik bilan shug‘ullangan shaxslar EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigacha jarimaga tortilishi belgilangan bo‘lib, ushbu holat bir yil ichida qayta takrorlangudek bo‘lsa, jarima miqdori EKIHning 3—5 baravariga teng bo‘ladi.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 39-1-moddasini to‘ldirish rejalashtirilgan, unga ko‘ra jarima bilan birga ma’muriy sud “Fohishalik bilan shug‘ullanish” va “Fohishaxonalarga tashrif buyurish” moddalari bo‘yicha jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga “majburiy tibbiy choralar” tayinlashi mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi