O‘zbekiston Konstitutsiyasining 37-moddasiga ko‘ra sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qiladi.
“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasi hamda Mehnat kodeksining 7-moddasiga muvofiq, majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan, mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga ko‘ra, mehnatga biron bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shu bilan birga, quyidagi ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi:
Harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi qonunlar asosida;
Favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda;
Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan;
Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar (masalan, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan jismoniy ishlarda foydalanish).
Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida 23 yoshli o‘qituvchi Diana Yenikeyeva ko‘cha tozalash ishlari chog‘ida “KamAZ” tagida qolib halok bo‘lgach, ijtimoiy tarmoqda majburiy mehnatga qarshi norozilik kuchaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi