Foto: Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi
Yangiyo‘l tumanida “Matiz” haydovchisi urib yuborgan ayol vafot etdi. Bu haqda “Xabar.uz”ga Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, 2018 yilning 22 mart kuni soat 21.00 larda Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan A.G. o‘z boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinani “Toshkent — Dushanbe” avtomobil yo‘lining 28-kilometrida boshqarayotib, piyoda, Yangiyo‘l tumanida yashagan, Yangiyo‘l shahridagi 9-sonli maktabning o‘qituvchisi, 1967 yilda tug‘ilgan, D.Sh.ni urib yuborgan. Oqibatda jabrlanuvchi olgan tan jarohatlaridan hodisa joyida vafot etgan.
Foto: Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi
Holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi