15:20 / 10.04.2018
6 231

Shavkat Mirziyoyevga qilingan videomurojaat e’tiborsiz qolmadi (video)

Shavkat Mirziyoyevga qilingan videomurojaat e’tiborsiz qolmadi (video)
Fuqaroning Shavkat Mirziyoyevga qilgan videomurojaati ortidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati voqeani o‘rgandi va fuqaro yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda UzNews.uz nashri.

Ijtimoiy tarmoqlarda hamda internet saytlarida Farg‘onada xayriya yo‘li bilan tashkil etilgan Xalq kutubxonasi noma’lum sabablarga ko‘ra buzilishi xavfi ostida qoldi.

Buning ortidan fuqaro Dilshodbek Boltaboyev Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi va bu masala ijobiy hal etildi. Prezident Matbuot xizmati bu masalani o‘rganishi ortidan Xalq kutubxonasi buzilmaydigan bo‘ldi va aksincha kutubxona faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan omillar bartaraf etilishida ko‘maklashishi ham aytildi.

Shundan so‘ng, fuqaro Dilshodbek Boltaboyev Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik maktubini yo‘lladi.

Jumladan ushbu maktubda Dilshodbek Boltaboyev murojaati ortidan Prezident matbuot xizmatidan unga telefon qilib, Halq kutubxonasi bo‘yicha xolatni o‘rganib kutubxona o‘z faoliyatini davom ettira olishini va buzilmasligi aytishganini ta’kidlaydi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, fuqaroga Prezident Matbuot xizmatidan qo‘ng‘iroq qilib Halq kutubxonasi bilan bog‘lik hujjatlarini tayyorlashda muammolar bo‘lsa zudlik bilan xabar berishini va ushbu muammolar tez hal qilinishini aytishgan.

Xalq kutubxonasi faoliyati saqlab qolingani ortidan yana bir murojaat yo‘llagan Dilshodbek Boltaboyev, Prezident Shavkat Mirziyoyevga, shuningdek bu ishda o‘z fidoyiligini ayamagan Prezident Matbuot kotibi Komiljon Allamjonov, Iqbol Mirzo, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev, Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati Shohrux O‘ktamov, “kun.uz” tahririyati, Xalq Demokratik partiyasi Rishton tumani bo‘limi, Rishton tumani hokimi va qurilish ishlari bo‘yicha hokim o‘rinbosari, “O‘zbekiston24” teleradiokanali muharriri Sohibjon Alijonovich, Asakabank xodimi Nosirov Abdumalik, Karimberdi To‘ramurodga o‘zining samimy minnadorchiligini bildirib o‘tgan.
[media=https://youtu.be/eDddhIwF4E4]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevga qilingan videomurojaat e’tiborsiz qolmadi (video)