18:25 / 11.04.2018
3 630

Haydar Ali YILDIZ: “Bobom bizning ajdodlar aslida Turkiyaga Buxorodan kelishgani haqida ko‘p gapirib berardi”

Haydar Ali YILDIZ: “Bobom bizning ajdodlar aslida Turkiyaga Buxorodan kelishgani haqida ko‘p gapirib berardi”
“Bobom bizning ajdodlar aslida Turkiyaga Buxorodan kelishgani haqida ko‘p gapirib berardi. Shuning uchun ham O‘zbekiston, Buxoro bolaligimdanoq, ayniqsa, litseyda o‘qib yurgan kezlarimdayoq e’tiborimni tortardi, qiziqishimni orttirardi. Gohida xaritadan qarardim. Biror bir xabarda Buxoroning nomi tilga olinsa, u haqda nimadir deyilsa, qalbimda butunlay boshqacha his-tuyg‘u uyg‘onardi.
O‘zbekistonga borganimda Buxoroda ham bo‘lish imkoni tug‘ildi. U yerda qolib, erta tongda turganimda “Ajabo, bobolarim bu yerning qayerida yashashgan ekan, Turkiyaga qachon ketishgan ekan?”, deya yon-atrofga katta qiziqish, hayajon bilan qaradim. Bu holatni tasvirlab berish mushkul. Shu bois men uchun Buxoroning qadri, ahamiyati katta.
Bahouddin Naqshband majmuasi, Ismoil Somoniy maqbarasi va boshqa diqqatga sazovor joylarni ziyorat qildik... ”, - deydi Turkiyaning oliy qonun chiqaruvchi organi — Buyuk millat majlisining “Turkiya – O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Haydar Ali Yildiz.

Manba: Xalq so‘zi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydar Ali YILDIZ: “Bobom bizning ajdodlar aslida Turkiyaga Buxorodan kelishgani haqida ko‘p gapirib berardi”