Kelayotgan haftaning seshanba kuni, Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi, deb xabar qilmoqda, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu tashrif davomida Koreya tashqi ishlar vazirining O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashuvi ham rejalarshtirilgan.
"2018-yilning 17-aprel kuni Toshkent shahriga Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Hva tashrif bilan keladi. Koreya Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda", — deyilgan rasmiy xabarda.
Undan tashqari, delegatsiya tashrif dasturida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish hamda ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga o‘tgan yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan tashrifidan so‘ng O‘zbekiston — Koreya munosabatlari yanada yuqori bosqichga ko‘tarilgan edi. Tashrif doirasda energetika, savdo-sotiq, sarmoya va moliya sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo‘lgan shartnomalar imzolangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi