08:30 / 29.04.2018
4 239

Chilonzor bolalari Prezidentga videomurojaat bilan chiqishdi

Чилонзор болалари Президентга видеомурожаат билан чиқишди
Toshkent shahridagi Chilonzor tumanining 8-kvartalida yashovchi bolalar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga videomurojaat bilan chiqishdi.

Videomurojaat Faceebok ijtimoiy tarmog‘ida Olga Biysembayeva tomonidan joylashtirilgan postdan o‘rin olgan. Undan ko‘rinishicha, bolalar o‘ynaydigan o‘yin maydonchasi va futbol maydonining teginilmasdan qoldirilishini prezidentdan so‘rashgan.

“Bizga o‘yin va futbol maydonimizning qoldirishida yordam bering. Biz o‘ynashni istaymiz”, deydi xitob bilan chiqqan qizaloq. Uning atrofidagi bolalar esa maydonchalarning buzilishiga “Yo‘l qo‘ymaymiz!” deb jo‘r bo‘lishgan.

Aftidan, ushbu ko‘pqavatli uylarning oldida joylashgan bolalar o‘yin va sport maydoni buzib tashlanib, o‘rniga biror bino qurilishi rejalashtirilayotganidan mahalla bolalari noroziligini shu tarzda izhor etishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzor bolalari Prezidentga videomurojaat bilan chiqishdi