15:03 / 01.05.2018
5 141

Egizak Arveladzelar O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari bilan uchrashdi (foto)

Egizak Arveladzelar O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari bilan uchrashdi (foto)
Foto: «Paxtakor»
O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze bilan uchrashdi. Bu haqda «Paxtakor» rasmiy sayti xabar berdi.

Kecha, 30 aprel kuni Prezidentlar — Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston —Turkiya biznes forumida ishtirok etishgandi. Unda so‘zga chiqqan Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘zbek va turk xalqlari o‘zaro qardosh ekaniligini e’tirof etib, nutqi davomida sahnaga «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze va uning egizagi Archil Arveladzeni taklif etib, ularni o‘zining yaqin insonlari sifatida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tanishtirdi, deyiladi xabarda.

Foto: «Paxtakor»
Ma’lumot uchun Shota Arveladze murabbiy sifatida «Qaysarispor» (2010-2012), «Qosimposho» (2012-2015) va «Trabzonspor» (2015) jamoalarida bosh murabbiy sifatida ishlagan. 2017 yildan esa Toshkentning «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.

Arveladze murabbiylik qilgan «Qosimposho» klubi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tug‘ilib o‘sgan hudud sharafini himoya qiladi. Jamoaning uy stadioni «Rajab Toyyib Erdo‘g‘on» nomi bilan ataladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Egizak Arveladzelar O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari bilan uchrashdi (foto)