Ukrainaning birdaniga uch oblasti gubernatorlari O‘zbekistonga keladi

16-19 may kunlari Ukrainaning uchta oblasti delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Respublikaga Sumsk, Lvov va Xerson oblasti vakillari keladi. Bu haqda “Kun.uz” nashri xabar bermoqda.
Samarqand viloyati hokimligi va Lvov oblasti ma’muriyati mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Ukraina delegatsiyasi XXII “O‘zbekiston neft va gazi” xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasida hamda XIII energetika va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga aloqador xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Rejaga ko‘ra, Ukrainaning uchta oblasti rahbarlari O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashib, ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurishadi. Ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida biznes-forum bo‘lib o‘tadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Samarqand viloyati hokimligi va Lvov oblasti ma’muriyati mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Ukraina delegatsiyasi XXII “O‘zbekiston neft va gazi” xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasida hamda XIII energetika va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga aloqador xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Rejaga ko‘ra, Ukrainaning uchta oblasti rahbarlari O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashib, ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurishadi. Ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida biznes-forum bo‘lib o‘tadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…