O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, 2018 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 17 may kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini azaliy an’ana va qadriyatlarimiz ruhida har tomonlama munosib o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirishi hujjat bilan nazarda tutilmoqda.
Ushbu muqaddas oyda yordamga muhtoj va ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berish zarurligi aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi