Foto: «Xabar.uz»
Bugun, 16 may kuni O‘zbekiston Oliy sudi plenumining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan holda Sudyalar oliy kengashining qaroriga muvofiq birinchi marta lavozimga tayinlangan jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlar sudyalarining qasamyod qilish marosimi o‘tkazildi.
Shuningdek, Sudyalar oliy kengashining 2018 yil 8 maydagi qarori bilan ilk bor besh yil muddatga sudyalik lavozimiga tayinlangan 19 nafar sudyaning qasamyodi eshitildi.
Sudyalar o‘z vazifalariga kirishishlari munosabati bilan qasamyod qilish orqali zimmalariga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshirishga, beg‘araz, xolis va adolatli bo‘lishini ifoda etdi.
Qasamyod qilgan sudyalarga guvohnoma va «Sudyalar odob-axloqi qoidalari» kitobi topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”