Foto: Prezidentning Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.
«Xabar.uz» portali ma’lum qilganidek, bugun Ulug‘nor tumanida viloyat faollari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov haqida iliq so‘zlarni aytib o‘tdi.
«Bugun Andijon viloyati hokimi bilan ko‘p gaplashdim. Menga bir narsa ma’qul bu hokimda, sizlar shuni bilingki, men masala qo‘ygan odamni juda hurmat qilaman. Masala qo‘yishni bilgan odam 50 foiz muvaffaqiyatga erishadi degani», dedi Prezident.
«Fursatdan foydalanib aytib o‘tmoqchiman, men hokimdan roziman. Shuhrat Qo‘shaqboyevich o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni qo‘lidan kelganicha bajarishda O‘zbekiston hokimlari orasida oldingi qatordagilardan biri desam, adashmagan bo‘laman. Bu ham Andijon xalqining baxti. Men viloyatdagi ishlarni ko‘rib, hokimning kuyganini ko‘rib, aytyapman. Bugun kun davomida ellikta masala qo‘ydi, har birining ostida kamida 5 milliardlik sarmoya yotibdi. Shuhrat Qo‘shaqboyevich mana shunday faol safdoshimiz, men eng ishongan hokimlardan biri. Men buni yuragimdan aytmoqdaman», qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi