O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar hayoti va salomatligini muhofaza qilishni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi. Bu haqda Darakchi xabar bermoqda.
Unda yaqin qarindoshlarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan so‘ng bolani bolalar bog‘chasidan olib ketishga ruxsat beruvchi avvalgi qoida yo‘q. Bolani faqat ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (vasiylar) olib ketishi bo‘yicha qoida qoldi.
Ota-onalar kechki payt bolani olib ketmaganda tarbiyachi uni uyigacha olib borib qo‘yishga majbur emas va endi bunday qilolmaydi. Bola bog‘chada qoladi.
Shuningdek, endi har kuni ertalab tarbiyachilar hamshira nazorati ostida bolalarning tibbiy holatini tekshiruvdan o‘tkazishga majbur bo‘ladi.
Bolalar bog‘chasidan tashqaridagi barcha sayr va ekskursiyalar ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bu haqda ota-onalar ham xabardor qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”