17:30 / 26.05.2018
3 113

Toshkentda valyutafurushlar guruhi qo‘lga olindi

Toshkentda valyutafurushlar guruhi qo‘lga olindi
Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida naqd xorijiy valyutalarni qonunga xilof tarzda ayirboshlash bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning qing‘ir qilmishi oshkor etildi.

"Toshkentning Olmazor tumani hududida tunggi vaqtda o‘tkazilgan mazkur tezkor tadbir davomida fuqarolar Sh.B hamda P.X. xaridorga 8500 AQSh dollarini “qora bozor” kursida 8100 so‘mdan hisoblab, jami 68 mln. 850 ming so‘mga sotishayotgan vaqtda qo‘lga olindi", - deyilgan qo‘mita xabarida.

Hozirda ashyoviy dalil sifatida olingan 8500 AQSh dollari ushbu holatga qonuniy baho berilgunga qadar vaqtincha saqlo vga olindi hamda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Tekshiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)